Yaponiya Markaziy Osiyoga nega qiziqmoqda?

Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar

15 Avgust 2024

Ulashish

Yaponiya Markaziy Osiyoga nega qiziqmoqda?

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida shu hafta Qozog‘iston va O‘zbekistonda bo‘lishi, “Markaziy Osiyo + Yaponiya” sammiti o‘tkazilishi kerak edi. Lekin kunchiqar yurtdagi sunami xavfi sabab u o‘z safarini keyinroqqa qoldirdi. Xo‘sh, Tokioning Markaziy Osiyoda faollashishga intilayotgani nimalar bilan bog‘liq?

 

Yaponiya tadqiqotlari dasturi rahbari Mehriniso Abdurasulovaga ko‘ra, Yaponiya mintaqaga siyosiy g‘arazsiz yordam qo‘lini cho‘zadi. O‘tgan yili Yaponiya G7 sammitiga mezbon bo‘lganida, Xitoy Markaziy Osiyo rahbarlarini yig‘gandi. Shunda bosh vazir Kishidaning partiyasidagilar Markaziy Osiyo bilan Tokio aloqalarini qayta ko‘rish kerakligi haqida gapirgan. Bu voqealar ortidan Yaponiya bosh vaziri tashrifga hozirlik ko‘rgan edi.

 

Kishida safari xususida fikr bildirgan Rossiya TIV rasmiy vakili – Mariya Zaxarovaning chiqishi bu sammitga Moskva qanday qarayotganini aks ettiradi. Zaxarova Yaponiya va MOni iqtisodiy manfaatlar birlashtirmasligi, Yaponiya orqali g‘arb g‘oyalari mintaqaga singdirilishi, bu bilan AQSH Markaziy Osiyoda Rossiya va Xitoy o‘rnini qirqishga urinayotganini da’vo qildi. Mehriniso Abdurasulovaning fikricha, Yaponiya o‘zbekistonliklar uchun mehnat migratsiyasi eshiklarini ochayotgani quvonarli. Chunki bu yerda, Rossiyadan farqi ravishda, migrantlar huquqlari qonun himoyasida bo‘ladi, ular kamsitilmaydi, yagona osiyolik sifatida ko‘riladi, deydi yaponshunos.

 

* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.