Yetakchi ilmiy xodim
Aziza Muxammedova Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Xalqaro tadqiqotlar institutining Afg‘oniston va Janubiy Osiyo tadqiqotlari markazi yetakchi ilmiy xodimi. U Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik akademiyasida Xalqaro munosabatlar va huquq fakultetida tahsil olgan hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro munosabatlar bakalavri va siyosatshunoslik magistri darajalariga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Eron va Afg‘oniston bo‘limida amaliyot o‘tagan. Tadqiqotlari Afg‘oniston muammolari va Janubiy Osiyoni o‘rganishga ixtisoslashgan.