Norezident ilmiy xodim
Lutfiddin Xo‘jayev — sharqshunos-filolog, ko‘p yillik tajribali diplomat va Yaqin Sharq mamlakatlari bo‘yicha mutaxassis. Toshkent davlat universitetining Sharqshunoslik fakultetini tugatgan, arab, fors va ingliz tillari qatori besh tilni mukammal egallagan. 1980-yillardan boshlab Saudiya Arabistoni va Misrda muhim diplomatik lavozimlarda faoliyat yuritgan, shuningdek, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining Osiyo, Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha mas’ul bo‘linmalariga rahbarlik qilgan. Hozirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Diplomatiya akademiyasida kafedra mudiri lavozimida ishlamoqda. Islom madaniyati va xalqaro munosabatlar masalalariga bag‘ishlangan monografiya hamda 20 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi bo‘lib, ularning bir qismi arab tilida nashr etilgan.
O‘zbek, tojik, rus, arab, fors va ingliz tillarini biladi.