JIDU talabasi va IXTI amaliyotchisi Roksana Izzatova bilan hamkorlikda
Joriy yilning 12-aprelda bo‘lib o‘tgan Vengriya parlament saylovlari, mamlakatning Yevropa iqtisodiyotidagi ulushi taxminan 1,1% YeI YaIMni va birlashma aholisining taxminan 2%ni tashkil etishidan qat’iy nazar, o‘z ahamiyatini birinchi navbatda V. Orbán hukmronligining o‘n olti yili davomida Yevropa siyosatida egallagan tizimli roli bilan belgilaydigan voqeadir.
Ovozlarning taxminan 99 foizi sanab bo‘lilgach olingan ma’lumotlarga ko‘ra, P. Magyar boshchiligidagi muxolifat partiyasi «Tisa» parlamentdagi 199 o‘rindan 138tasini, ya’ni konstitutsiyaviy ko‘pchilikni qo‘lga kiritmoqda, V. Orbánning «Fides»i esa atigi 55 o‘rin bilan kifoyalanmoqda. Saylovchilarning yuqori darajada siyosiy faolligini namoyon etgan va rekord 79,5 foizlik ishtirok ko‘rsatkichi bunday muhim natijaning asosiy omillaridan biriga aylandi.
I. V. Orbán mag‘lubiyatining omillari va avvalgi modelning transformatsiyasi. Saylov natijalari ichki va tashqi omillarning kombinatsiyasi bilan belgilanadiki, ular birgalikda Viktor Orbán siyosiy tizimining barqarorligini zaiflashtirdi.
Birinchidan, korrupsiyaga qarshi safarbarlik hal qiluvchi rol o‘ynadi. Mustaqil tadqiqotchilarning bahosiga ko‘ra, «Fides» hukmronligi yillari davomida iqtisodiyotdan hokimiyat bilan aloqador tuzilmalar foydasiga taxminan 28 milliard yevro chiqarib yuborilgan. Buning natijasida korrupsiya tizimli va oshkora hodisa sifatida qabul qilina boshladi, bu esa «Fides»ning an’anaviy saylovchilari o‘rasidagi ishonchni ham pasaytirdi. Péter Magyar bu talabni siyosiy jihatdan o‘zining foydasiga ishlatdi hamda korrupsiyaga qarshi kurashni kampaniyasining markaziy elementiga aylantirdi.
Ikkinchidan, iqtisodiy norozilik muhim omil bo‘ldi. Iqtisodiy stagnatsiya, past ish haqi fonida narxlarning o‘sishi, shuningdek sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimining yomonlashuvi tanqidiy kayfiyatlarni kuchaytirdi. Bu muxolifatlar uchun kampaniya e’tiborini mafkuraviy masalalardan kundalik ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga ko‘chirish imkonini berdi.
Uchinchidan, muxolifatning konsolidatsiyasi va saylov tizimining o‘ziga xosligi muhim rol o‘ynadi. Oldingi saylovlardan farqli ravishda muxolifat kuchlari «Tisa» partiyasi atrofida birlashdi va bu «Fides» dominantligiga moslab shakllantirilib bo‘lgan tizimdan samarali foydalanishga imkon berdi.
To‘rtinchidan, tashqi siyosiy kontekst va «Tramp effekti» muhim omil bo‘ldi. D. Tramp va D. Vansning qo‘llab-quvvatlashi V. Orbán mavqeini mustahkamlash o‘rniga o‘zini samarasiz ko‘rsatdi. Yevropada kuchayib borayotgan Amerika qarshi kayfiyatlar va AQSh tashqi siyosati bilan bog‘liq keskinlik sharoitida bunday uyushma «Fides» jozibadorligini saylovchilarning bir qismi uchun pasaytirdi. Shunday qilib, o’ng kuchlarning transatlantik ittifoqi ustunlikka emas, balki saylovchilikka xavf omilga aylandi.
Beshinchidan, V. Orbánning tashqi siyosiy yo‘nalishiga nisbatan qabul tarzidagi o‘zgarish muhim rol o‘ynadi. Uning Rossiyaga mo‘tabarligi, YeI qarorlarini bloklashi va Ukrainaga nisbatan tanqidiy ritorikalari Vengriyaning suverenitetini himoya qilish sifatida emas, balki xalqaro izolyatsiya omili sifatida qabul qilina boshladi.
Oltinchidan, ijtimoiy-demografik o‘zgarishlar, xususan yoshlarning siyosiy faolligining ortishi muhim ahamiyat kasb etdi. 30 yoshdan kichik saylovchilarning uchdan ikki qismigacha V. Orbánga qarshi chiqdi, shahar saylovchilarining ommaviy safarbarligining esa muxolifat g‘alabasi omillaridan biriga aylandi.
II. Vengriyaning siyosiy kursini transformatsiya qilish istiqbollari. Saylovdagi g‘alabadan so‘ng bo‘lgan birinchi katta matbuot anjumanida P. Magyar quyidagi ustuvorliklarni belgilab berdi:
Shuningdek Vengriya Yevropa sudining migrantlarga munosabat bo‘yicha oldingi qaroriga rioya qilmaganlik uchun unga tahdid solayotgan kunlik 1 million yevrolik jarima masalasini hal etishi zarurligi ta’kidlandi.
Shu bilan birga TDT doirasidagi Vengriya siyosati, ehtimol, institutsional uzluksizlikni saqlab qoladi, biroq yanada pragmatik va siyosiylashtirmaslik xarakterini egallaydi. Vengriyaning tashkilot a’zosi-kuzatuvchi maqomi, Budapeshtdagi TDT vakolatxonasi mavjudligi va mavjud iqtisodiy, ta’lim hamda siyosiy-diplomatik aloqalar tarmog‘i inobatga olingan holda Budapeshtning tashkilotdan chiqishi ehtimoldan yiroq.
Yangi kurs turk yo'alishini Bryusselga tashqi siyosiy muqobil ramzi sifatida ishlatishga emas, balki uni transport, investitsiya, energetika va ta’lim kooperatsiyasi kanali sifatida funksionallashtirishga asoslanadi.
Bu ma’noda P. Magyar davrida Vengriya TDT doirasida Yevropa hamkorligi rolini saqlab qolishi mumkin, lekin kamroq mafkuraviy va umumyevropa kursiga ko'proq muvofiq shaklda.
Shunday qilib, Vengriya «konfrontatsion suverenitizm» modelidan cheklangan proyevropalik pragmatizm modeligacha o'moqda.
Ichki siyosatda asosiy vazifa «Fides»ning institutsional merosini isloh qilish bo'adi. V. Orbán hukmronligi yillarida konstitutsiyaviy normalardan tortib iqtisodiyot va OAVdagi sadoqatli aktorlar tarmoqigacha uzib bo‘lmaydigan nazorat mexanizmlari shakllandi. Konstitutsiyaviy ko‘pchilik mavjud bo‘lsa ham, yangi hokimiyat institutsional qarshilikka duch keladi.
Shu bilan birga sud tizimini isloh qilish va huquqning ustunligini tiklash, OAVni siyosiylashtirmaslik va oligarxik tuzilmalar ta'sirini cheklash, korrupsiyaga qarshi islohotlar va davlat xaridlari tizimini qayta ko‘rib chiqish kutilmoqda.
III. Umumyevropa va xalqaro oqibatlar. Ushbu saylovlarni Markaziy Yevropadagi millatchilik to‘lqinning barqarorligini ko‘rsatuvchi indikator sifatida baholash mumkin. Budapeshtdagi hokimiyat almashuvi keng doiradagi aktorlar uchun siyosiy hisob-kitoblarning qayta kalibrlashiga muqarrar ravishda olib keladi. Vengriya saylovlari natijalari milliy miqyosdan ancha keng oqibatlarga ega.
Birinchidan, bu Yevropadagi o‘ng populistik blokining zaiflab borayotganligidan dalolat beradi. V. Orbán Fransiya, Germaniya va Italiya partiyalarini o‘z ichiga olgan yevroseptik va millatchil kuchlar uchun tayanch shaxs edi. Uning hokimiyatdan ketishi ularning institutsional ta’sirini kamaytiradi va o‘ng harakatlarning transmilliy tarmoqlar konfiguratsiyasini o‘zgartiradi.
Ikkinchidan, saylovlar transatlantik o‘ng ittifoqning inqirozini aks ettiradi. Tramp ma’muriyati va Amerika konservatorlarining V. Orbánga ko‘rsatgan qo‘lovi nafaqat yordam bermadi, balki xavf omilga aylandi. Bu AQSh uchun ham oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin, chunki demokratlar saylov natijalarini ichki siyosat uchun potentsial signal sifatida talqin qilmoqda.
Uchinchidan, YeI ichida kuchlar qayta taqsimlanishi muhimdir. Muxolifat g‘alabasi Yevropa Komissiyasi mavqeini mustahkamlaydi va qarorlarni bloklashga moyil davlatlar ta’sirini kamaytiradi. Bu Ukraina, sanksiya siyosati va huquqning ustunligi masalalarida qarorlar qabul qilishni tezlashtirishi mumkin.
To‘rtinchidan, Rossiya uchun oqibatlar ikki tomonlama xarakter kasb etadi. Bir tomondan, Moskva YeI ichidagi sheriklari biridan mahrum bo‘ladi, boshqa tomondan esa P. Magyarning pragmatik kursi va davom etayotgan energetik o‘zaro bog‘liqlik Rossiyaning ta’sir kanallarini, garchi cheklangan shaklda bo‘lsa-da, saqlab qolishini anglatadi.
IV. Markaziy Osiyo va O‘zbekiston uchun ahamiyati. Markaziy Osiyo uchun YeI doirasida barqaror liberal-proyevropalik yo‘nalishning saqlanib qolishi umuman ijobiy ahamiyatga ega bo‘lardi. Bu, avvalambor, Markaziy Osiyo mamlakatlariga grant resurslari, imtiyozli moliyalashtirish, texnik yordam va aralash moliyalashtirish instrumentlariga uzoq muddatli kirish uchun yanada ishonchli zamin yaratadi, shuningdek e’lon qilingan tashabbuslari YeI ichidagi siyosiy nizolar tufayli to’xtatib qo‘yilmasligini ta’minlaydi.
Amaliy jihatdan bu mintaqa uchun bir qator ustunliklar yaratadi. Birinchidan, infratuzilma va logistika loyihalarining uzluksiz amalga oshirilishi yanada ehtimolroq bo‘lib qoladi, avvalambor YeI strategik diversifikatsiya yo‘nalishi sifatida ko‘ranadigan Kaspiybo‘yi transport koridori bo‘yicha.
Ikkinchidan, suv resurslarini boshqarish, iqlim barqarorligi va energetika modernizatsiyasi sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish bazasi mustahkamlanadi: YeIB allaqachon Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonda barqaror transport, suv xo‘jaligi va iqlim barqarorligiga qaratilgan investitsiyalarda 1 milliard yevrogacha mablag‘ jalb qilishi kutilayotgan 365 million yevro ajratish niyatini e’lon qilgan.
Uchinchidan, «DARYa» va «Erasmus+» dasturlari orqali insoniy kapital sohasida Yevropa ko‘magining saqlanib qolishi va kengayishi, bu ayniqsa kadrlar tayyorlash, universitet mobiliyati va mintaqa iqtisodiyotining yangi texnologik talablarga moslashishi uchun muhim ahamiyatga ega.
Bu Markaziy Osiyoning xalqaro subyektligini mustahkamlaydi: mintaqa Bryussel bilan alohida-alohida davlatlar to‘plami sifatida emas, balki mintaqadagi uzoq muddatli ishtirokda manfaatdor bo‘lgan yanada intizomli va resurslar bilan ta’minlangan kuch markazi sifatida o‘zaro munosabat o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.