Hindistonning diplomatik manevri: O‘zgaruvchan global dinamika sharoitida Modining Rossiyaga tashrifi

Sharh

01 Avgust 2024

Ulashish

Hindistonning diplomatik manevri: O‘zgaruvchan global dinamika sharoitida Modining Rossiyaga tashrifi

Ushbu sharh IXTI amaliyotchi-taqiqotchisi Jaloliddin Ibragimov totmonidan Islomxon Gafarov rahbarligida tayyorlangan.

Hindistonning yaqinda qayta saylangan Bosh vaziri Narendra Modi strategik jihatdan Moskvani birinchi xalqaro tashrifi joyi sifatida katta diplomatik ishora bilan tanladi. Bu tashrif uning 2019-yildan beri Moskvaga birinchi marta amalga oshirilgani bo‘lib, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi davom etayotgan mojaro va Rossiyaga qarshi ko‘plab sanksiyalar qo‘yilganiga qaramay, ikki tomonlama hamkorlik kuchaygan paytga to‘g‘ri keladi. So‘nggi besh yil ichida Hindiston va Rossiya o‘zaro aloqalarini mustahkamladi, savdo hajmi 2023-yilda taxminan 65 milliard dollarga yetdi.

Muallif ta'kidlaganidek, Hindiston va Rossiya o'rtasidagi munosabatlar ko'p qutbli dunyoni qo'llab-quvvatlovchi global geosiyosiy landshaftning muhim elementi bo'lib qolmoqda. Modining tashrifining muvaffaqiyatli yakuni Hindiston o‘zining mintaqaviy muammolarini hal etishda Rossiya va AQSh bilan mustahkam aloqalarni saqlab, o‘z tashqi siyosatini muvozanatli yondashuv bilan davom ettirishdan darak beradi.

Sharhni o'qing