Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) Iqtisodiy diplomatiya markazining ushbu yillik tahliliy hisoboti global savdo va moliya tizimlarining qayta shakllanishi, geosiyosiy beqarorlik va texnologik siljishlar sharoitida O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy muhiti hamda ichki iqtisodiy islohotlarini dalillarga asoslangan holda tahlil qiladi.
Hisobot to‘rtta o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalish asosida tuzilgan: mintaqaviy va ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik, global iqtisodiy boshqaruv va moliyaviy arxitektura, raqamli va innovatsion hamkorlik, shuningdek uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy transformatsiya. Unda O‘zbekistonning ECO, Xitoy–Markaziy Osiyo, BRICS, Turk davlatlari tashkiloti va Yevropa Ittifoqi doirasidagi iqtisodiy integratsiyasi chuqur yoritilgan. Eksportni diversifikatsiya qilish, JSTga a’zo bo‘lish jarayoni, muqobil moliyaviy manbalar, raqamlashtirish va kambag‘allikni qisqartirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Statistik ma’lumotlar va institutsional tahlil uyg‘unligiga asoslangan ushbu hisobot davlat boshqaruvi organlari, iqtisodiy rejalashtiruvchilar, diplomatlar va tadqiqotchilar uchun O‘zbekistonning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash, iqtisodiy suverenitetni saqlash va barqaror rivojlanishni ta’minlash yo‘llarini anglashga xizmat qiladi.
* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.