2023-yil avgustda o‘tkazilgan BRIKS sammitida Saudiya Arabistoni va BAA’ni 2024-yil yanvardan boshlab tashkilotga to‘laqonli a’zo sifatida taklif etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu mamlakatlar BRIKSga a’zo bo‘lishni global tartibdagi o‘zgarishlar, xususan, o‘z hududlariga uyushtirilgan hujumlardan so‘ng AQSH yordamining susayishi sharoitida o‘z iqtisodiy va geosiyosiy manfaatlarini kafolatlash imkoniyati sifatida ko‘rmoqda. Saudiya Arabistoni uchun bu mustaqillikni mustahkamlash va Xitoy hamda Hindiston bilan iqtisodiy aloqalarni diversifikatsiya qilish yo‘lidagi qadam bo‘lib, bu uning «Vision 2030» strategiyasiga mos keladi.
BAA BRIKSni Rossiya, Braziliya, Xitoy va Hindiston kabi global hamkorlar bilan savdo aloqalarini mustahkamlashga imkon beradigan iqtisodiy hamkorlik maydoni sifatida ko‘rmoqda. BRIKSga a’zo bo‘lish BAA’ning xalqaro savdo va moliya sohasidagi o‘rnini mustahkamlash, shuningdek, iqtisodiyotni neftdan tashqari sohalar orqali diversifikatsiya qilishga qaratilgan iqtisodiy yo‘nalish sifatida baholanmoqda.
Sharhni quyida rus tilida oʻqing va yuklab oling