Rossiya va Xitoyning Markaziy va Janubiy Osiyo integratsiya jarayonlari bo‘yicha strategik yondashuvlari

Tadqiqot maqolalari

10 Fevral 2025

Ulashish

Rossiya va Xitoyning Markaziy va Janubiy Osiyo integratsiya jarayonlari bo‘yicha strategik yondashuvlari

Islomxon Gafarov o‘z maqolasida Rossiya va Xitoyning Markaziy va Janubiy Osiyo integratsiyasiga bo‘lgan strategik yondashuvlarini tahlil qiladi. Ishda ta’kidlanishicha, bu mintaqalarning o‘zaro bog‘liqligi geosiyosiy kun tartibida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda, Rossiya va Xitoy esa integratsiya jarayonlarini rivojlantirishda konstruktiv yondashuvlarni namoyon etmoqda. Muallifning qayd etishicha, Markaziy Osiyo mamlakatlari dengiz portlariga chiqishdan, Janubiy Osiyo davlatlari esa Markaziy Osiyo mintaqasi bozorlariga kirishdan manfaatdor.

 

Muallif Rossiya haqida so‘z yuritarkan, uning siyosati “yangi yevroosiyochilik” konsepsiyasiga asoslanganini, bu doirada Hindiston, Xitoy, Eron va boshqa davlatlar bilan integratsiyani kuchaytirish ko‘zda tutilganini ta’kidlaydi. Moskva SHHT mexanizmlari orqali Janubiy Osiyo bilan aloqalarni faollashtirmoqda, shuningdek, “Global Janub” va “Jahon ko‘pchiligi” tushunchalaridan foydalanmoqda. Muallifning fikricha, bu Yevroosiyo makromintaqasida integratsiya jarayonlarini tezlashtirishi mumkin.

 

Xitoyga kelsak, maqolada uning “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi kabi infratuzilma va iqtisodiy yo‘laklarni yaratishga qaratilgan uzoq muddatli strategiyasi ta’kidlangan. Shu nuqtayi nazardan, Pekin Markaziy va Janubiy Osiyoni transport yo‘nalishlarini rivojlantirish va savdo aloqalarini kuchaytirish orqali global iqtisodiy hamkorlikning muhim bo‘g‘inlari sifatida ko‘rmoqda. Muallif strategiyalardagi farqlarga qaramay, Rossiya va Xitoy bu mintaqalarning o‘zaro bog‘liqligini chuqurlashtirishdan umumiy manfaatdor, degan xulosaga keladi.

 

Maqolani CABAR.Asia saytida o‘qing

 

* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.