Nargiza Umarova “India Eurasia Research Forum” (IERF) platformasiga bergan intervyusida Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning ayni paytdagi holatini tahlil qilib, mintaqaviy iqtisodiy integratsiyaga to‘siq bo‘layotgan infratuzilmaviy, logistik va geosiyosiy muammolarga e’tibor qaratdi. U O‘zbekistonning xalqaro transport yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish, jahon bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish va mintaqalararo savdo hamkorligini mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlari haqida so‘z yuritdi.
Suhbatda Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo bozorlari o‘rtasida eng qisqa quruqlik yo‘lini yaratishi mumkin bo‘lgan Transafg‘on temir yo‘li loyihasining strategik ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Umarova mintaqaviy xavfsizlik tahdidlari, xususan, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi keskinliklar ta’sirini, shuningdek, Xitoy, Rossiya, AQSH va Hindiston kabi yirik tashqi kuchlarning shakllanayotgan transport yo‘laklaridagi o‘rnini baholadi.
Shuningdek, intervyuda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlik, infratuzilmani rivojlantirish va diplomatik muloqot orqali mintaqaviy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan yondashuvi yoritilib, Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlashda barqaror transport tizimining o‘rni muhimligi ta’kidlandi.
To‘liq matnni “India Eurasia Research Forum”da o‘qing
* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.