Tadqiqot maqolalari

outputs_in

Tadqiqot maqolalari

01 Aprel 2024

Janubiy osiyo mintaqasida AQSH tashqi siyosatining genezisi (1947-2022yy.)

AQSh tashqi siyosati Janubiy Osiyo mintaqasida o‘zgaruvchanligi va dinamik xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi. Mazkur maqolaning bosh maqsadi AQShning ushbu mintaqadagi konstruktivist tashqi siyosiy jihatlarini aniqlashdan iboratdir. Bunda tarixiy, qiyosiy-siyosiy, induksiya va deduksiya ilmiy usullaridan foydalanilgan. Maqolada Sovuq urushi davridan to bugungi kunga qadar AQSh tashqi siyosati Janubiy Osiyoda ko‘tarilish va tushishlar, bog‘liqlik va uzoqlashishdan iborat bo‘lganligi, bundan tashqari, tashqi siyosat vektori goh Pokistonga, goh Hindistonga qaratilganligi hamda bugungi kunda aloqalar asosan Hindiston tomon yo‘nalganligi xulosa qilingan. Maqola o‘z ichiga AQSh tashqi siyosatining Janubiy Osiyo mintaqasidagi asosiy etti davrini oladi. Xususan, 1947-1965-yillarda AQSHning mintaqadagi e’tibori Pokistonga qaratilgan bo‘lsa, 1965-1979-yillarda Vetnam urushi tufayli mintaqadan uzoqlashish ro‘y beradi. 1979-1989-yillarda bo‘lib o‘tgan SSSRning Afg‘onistondagi urushi yana Pokistonning ahamiyatini AQSH tashqi siyosatida kuchaytiradi. 1989-1998-yillarda AQSH global gegemoniyaga intilganligi sababli ham Hindiston, ham Pokiston bilan alohida-alohida tashqi siyosat olib bora boshlaydi. 1998-2001-yillarda Hindiston va Pokiston yadro qurollarining sinovini o‘tkazganligi sababli AQSHning sanksiyalari ostiga tushadi. Binobarin 2001-yilda Afg‘onistonda boshlangan terrorizmga qarshi urush (War on Terror) Pokistonning ustuvorligini AQSH tashqi siyosatida yana oshiradi. Bu 2021-yil AQSH o‘z kuchlarini Afg‘oniston olib chiqib ketkunga qadar davom etadi. Prezident Barak Obama davridan boshlab Hindistonning AQSh tashqi siyosatidagi o‘rni keskin osha boshlaydi. D.Tramp davrida ushbu davlatga rasman “Asosiy mudofaa hamkori” maqomi beriladi. Maqola konstruktivizm xalqaro munosabatlar nazariyasi rakursida ochib berilganligi bilan ajralib turib, u soha mutaxassislarining faoliyatida foydali bo‘lishi mumkin.   Maqolani o'qish

outputs_in

Tadqiqot maqolalari

21 Fevral 2024

Vaxon koridorining qorong‘ilikdagi yorug‘i. Kobul Xitoyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l qura oladimi?

Afg‘onistonning Vaxon yo‘lagi orqali Xitoy bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomobil aloqasini o‘rnatish orzusi 2021-yil avgustda toliblar hokimiyatga qaytganidan so‘ng yuzaga kelgan geosiyosiy o‘zgarishlar fonida yana ko‘zga tashlandi. Xalqaro e’tirofga erishmaganiga qaramay, Tolibon hukumati mintaqadagi qo‘shni davlatlar, ayniqsa, asosiy savdo va sarmoya hamkoriga aylangan Xitoy bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha harakatlarini jadallashtirdi. 2022-yilda ikki tomonlama savdo hajmi 1,5 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. Kobul Pokistonni chetlab o‘tib, Xitoyning Shinjon viloyati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish uchun uzoq Vaxon yo‘lagi orqali Ipak yo‘lining tarixiy yo‘nalishini qayta tiklashga intilmoqda.   Biroq, bu yo‘nalishni amalga oshirish jiddiy to‘siqlarga duch kelmoqda. Bu asosan Pekinning uyg‘ur jangarilarining ushbu o‘tkazuvchan chegara orqali kirib kelishi xavfidan tashvishlanishi bilan bog‘liq. Toliblar Vaxon hududida yo‘l qurilishini tezlashtirayotganiga qaramay, Xitoyning ehtiyotkorona munosabati hamon jiddiy to‘siq bo‘lib qolmoqda. Bunday loyihaning strategik oqibatlari juda chuqur, chunki u Afg‘onistonning Pokiston tranzit yo‘nalishlariga qaramligini kamaytirishi va mintaqaviy aloqalar dinamikasini o‘zgartirishi mumkin, bu esa potentsial ravishda Markaziy Osiyoning logistika manzarasini o‘zgartirishga olib kelishi mumkin.   * Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.   Maqolani exclusive.kz saytida o‘qing