Energetika Diplomatiyasi va Geosiyosati Markazi

Energetika Diplomatiyasi va Geosiyosati Markazi

Energetik diplomatiya-bu energetika muammolarini o'rganish, ularni boshqa mamlakatlar bilan hal qilish yo'llarini topish, shuningdek, mintaqaning energetik xavfsizligi nuqtai nazaridan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va texnologik jarayonlarning rivojlanishi va o'zaro bog'liqligini bashorat qilish bilan shug'ullanadigan fanlararo tarmoq, iqtisodiyot, siyosatshunoslik, ekologik va texnik fanlarning simbiozi.

Markaz energetik diplomatiya va geosiyosat masalalari bo'yicha ilg’or tadqiqotlar olib boradi, hamda mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi energiya jarayonlarini chuqur, mustaqil tahlil qiladi.

Energetik geosiyosat markazi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Ilg‘or xalqaro tadqiqotlar institutining (IXTI) 9 ta markazlaridan biri hisoblanadi.

Markazning xususiy va davlat sektorida, shuningdek, xalqaro tashkilotlarda tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar jamoasi mintaqa bo‘yicha dolzarb ma’lumotlarga ega bo‘lib, strategik g‘oyalar hamda keyingi qarorlarni ishlab chiqish uchun axborot-tahliliy materiallarni tayyorlashda:

- global, mintaqaviy va mahalliy miqyosdagi energetik inqirozlarning sabablarini, shuningdek echimlarni o'rganish;

- mamlakatlar siyosati va energiya bozorlaridagi o’zgarishlar o'rtasidagi bog'liqlikni baholash;

- qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va barqaror energiyaga o‘tish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;

- energiya resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish yo'llarini o'rganish;

- barqaror yashil o'sishga erishish uchun mavjud xavf-xatarlar va mumkin bo'lgan stsenariylarni tahlil qilish.

Ilmiy doiralar, biznes va fuqarolik jamiyati mutaxassislari bilan hamkorlikni kengaytirgan holda, Markaz tegishli qaror qabul qiluvchilarga iqtisodiy, ijrimoiy, atrof-muhit va xavfsizlik ustuvor maqsadlarini muvozanatlashtiradigan oqilona energetik siyosatni ishlab chiqishda yordam berishga qaratilgan tadbirlar va loyihalarni amalga oshiradi.

Markaz qoʻshma ilmiy faoliyat doirasida hamkorlik qilishga, xalqaro va davlat dasturlarida ishtirok etishga, shartnoma asosida konsalting xizmatlarini koʻrsatishga, davlat organlari va xususiy sektor uchun geosiyosat, iqtisodiy siyosat, bozorlar va texnologiyalar muammolarni oʻrganishga tayyor.

Mutaxassislar

leader

Xayotjon Ibragimov

Markaz rahbari

Ko'proq
leader

Saliyev Jahongir

Katta ilmiy xodim

Ko'proq
leader

Dilshod Olimov

Markaz koordinatori
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti mustaqil tadqiqotchisi

Ko'proq
leader

Sevara Ibragimova

Markaz koordinatori

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti mustaqil tadqiqotchisi 

Ko'proq

Nashrlar