Markaz faoliyatidan asosiy maqsad ilmiy-uslubiy, axborot-tahliliy faoliyat orqali barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni samarali amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat.
Shaxboz Axmedov – Xalqaro tadqiqotlar instituti qoshidagi Barqaror rivojlanish markazi direktori. Bu vazifada u markazning rivojlanishini nazorat qiladi va Markaziy Osiyo va undan tashqarida barqarorlik, iqtisodiy va yashil oʻsish, iqlim oʻzgarishi, suv resurslarini boshqarish va barqaror rivojlanishning boshqa dolzarb jihatlari boʻyicha tahliliy ishlarni olib boradi. 15 yillik tajribaga ega bo’lib, u koʻplab mintaqaviy hukumatlararo tuzilmalarda tashabbuslarga, iqlim va suv muammolari boʻyicha yetakchi loyihalarga, shuningdek, resurslarni safarbar qilish, loyihalar va bilimlarni boshqarish guruhlariga rahbarlik qilgan. Tajribali strateg, kommunikator va tadqiqotchi sifatida u tadqiqot, texnologiya va innovatsiyalarni integratsiyalashgan holda iqlim bo‘yicha harakat va barqaror kelajakni mustahkamlash uchun ko‘p tomonlama hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi.
U Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti Said biznes maktabining Tashkiliy yetakchilik diplomini va Germaniyaning Villi Brandt davlat siyosati maktabining davlat siyosati magistri darajasini oldi, u yerda DAAD stipendiyasi bo‘lgan. O‘zbekiston Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro munosabatlar fakultetida bakalavr darajasini olgan.