Antropologiya va konfliktologiya laboratoriyasining yetakchi ilmiy xodimi
Rustam Maxmudov (O‘zbekiston), Xalqaro tadqiqotlar instituti (IPMI) Antropologiya va konfliktologiya laboratoriyasining yetakchi ilmiy xodimi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) dotsenti. Rustam Mahmudov IPMIdagi lavozimi doirasida Markaziy Osiyo va Afgʻonistondagi vaziyatga oid ijtimoiy-siyosiy antropologiya, etnologiya va konfliktologiyaning turli jihatlari boʻyicha tahliliy materiallar, maqolalar va ilmiy tadqiqotlar tayyorlashga masʼuldir. Shuningdek, R.Mahmudov JIDUda “Jahon siyosatining raqamli jihatlari” va “Strategik madaniyat” mavzularida ikkita kurs ma’ruzalarini o‘qiydi. R.Mahmudov IPMIga ishga kirishgunga qadar Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar institutida, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Siyosiy tadqiqotlar markazida turli lavozimlarda ishlagan. Mintaqaviy va global siyosat va xavfsizlik, iqtisodiyot, energetika va texnologik geosiyosatga oid 200 dan ortiq maqolalar muallifi.