Yevropa Tadqiqotlari Markazi

Yevropa Tadqiqotlari Markazi

Yevropa tadqiqotlari markazi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar institutining tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, u Yevropa mamlakatlarining ichki va tashqi siyosati bo'yicha fanlararo tadqiqotlar bilan shug’ullanadi. Shuningdek, mazkur markaz Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari va o'qituvchilariga Yevropa mamlakatlari bo'yicha o'quv-uslubiy yordam ko'rsatadi.

Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

O'zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi, boshqa Yevropa davlatlari o'rtasidagi sherikchilik doirasida siyosat, xavfsizlik, va iqtisodiyot kabi sohasida hamkorlikni rivojlantirishda ishtirok etish;
O'zbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga ta'sir etuvchi Yevropa mamlakatlarining ichki va tashqi siyosatining asosiy yo'nalishlari va voqealari doimiy monitoringini olib borish;
Yevropa tadqiqotlariga ixtisoslashgan yetakchi milliy va xalqaro markazlar faoliyatini o'rganish;
Yevropa mamlakatlari ichki va tashqi siyosatining asosiy yo'nalishlarini va ularning Markaziy Osiyo mintaqasiga ta'sirini asoslash;
Yevropa davlatlari hamda mintaqadagi davlatlarning ichki va tashqi siyosatini shakllantirish omillari va mexanizmlarini tizimli va qiyosiy tushunish uchun fanlararo yondashuv bilan ta'lim va ilmiy metodologiyalarini ishlab chiqish;
Yevropa davlatlarining ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari va voqealarini monitoring qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining Yevropa mamlakatlariga nisbatan ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish;
Yevropa tadqiqotlari bo’yicha akademiya, biznes va fuqarolik jamiyati olimlari va ekspertlari bilan hamkorlikni kengaytirish;
Ilmiy va amaliy grantlar va loyihalar doirasida qo‘shma ilmiy monografiyalar, maqolalar va ilmiy maqolalar tayyorlash;
Yevropaning dolzarb masalalari bo‘yicha ilmiy va ekspert forumlarini o‘tkazish;

Mutaxassislar

Nashrlar