Barqaror Rivojlanish Markazi

Barqaror Rivojlanish Markazi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar institutining Barqaror rivojlanish markazi.

 

Maqsadi:

 

Markaz faoliyatidan asosiy maqsad ilmiy-uslubiy, axborot-tahliliy faoliyat orqali barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni samarali amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

 

Markaz vazifalari:

 

  • mamlakatda, mintaqaviy va xalqaro kontekstda barqaror rivojlanish masalalari bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish;
  • xalqaro, jamoat, davlat va xususiy tashkilotlar, shuningdek, ilmiy hamjamiyat vakillari bilan barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va muhokama qilish uchun mutaxassislik platformasini shakllantirish;
  • barqaror rivojlanishning dolzarb masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy hujjatlar va tavsiyalarni mamlakat hokimiyatining organlari foydalanishi uchun tayyorlash;
  • xalqaro mutaxassislarning kasbiy, ilmiy va tahliliy tayyorgarligi samaradorligini oshirishga qaratilgan barqaror rivojlanish sohasida yangi kurs va dasturlarni tayyorlash va o‘quv jarayoniga joriy etish;
  • barqaror rivojlanish tendentsiyalarining monitoringi va tahlili sohasida xalqaro tashkilotlar va xorijiy ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlik qilish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish.

 

Markazning faoliyat yo‘nalishlari:

  • tadqiqot faoliyati: fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish;
  • tadqiqot uchun empirik material to‘plashga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish;
  • ekspert-konsultant faoliyati;
  • ta’lim va targ‘ibot tadbirlari, shu jumladan o‘quv-uslubiy materiallar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqish, ta’lim, jamoat, davlat tashkilotlari va tadbirkorlik tuzilmalari uchun treninglar o‘tkazish;
  • xorijiy amaliyotlar, o‘quv safarlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
  • dolzarb xalqaro masalalar bo‘yicha tadbirlar tashkil etish va o‘tkazish.

 

2022-2023 yillarga mo'ljallangan tadbirlarning dastlabki ro'yxati:

  1. Inson taraqqiyoti haqida hisobot 2022 taqdimoti
  2. Mehnat migratsiyasi siyosati
  3. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Volontyorlari haqida qisqacha ma'lumot
  4. Turli auditoriyalar, shu jumladan, mahalliy hokimiyat organlari uchun SDG bo'yicha modulni ishlab chiqish
  5. BMR bo'yicha mamlakatlarning ixtiyoriy hisobotini tayyorlashda ishtirok etish
  6. BMRlarni mahalliylashtirish bo'yicha treninglar

Mutaxassislar

leader

Sardorbek Murtozayev

Ilmiy xodim

Ko'proq
leader

Odilbek Manabov

Ilmiy xodim

Ko'proq
leader

Azizjon Ziyodullayev

Ilmiy xodim

Ko'proq
leader

Saodat Umarova

Ilmiy xodim

Ko'proq
leader

Akbar Mavlonov

Ilmiy xodim

Ko'proq
leader

D-r Iskandar Abdullaev

Bosh ilmiy xodim

Ko'proq
leader

Shaxboz Axmedov

Markaz rahbari

Ko'proq

Nashrlar