Amerika tadqiqotlari markazi ilmiy xodimi
Shahzoda Jumaniyozova, JIDU qoshidagi Ilg‘or xalqaro tadqiqotlar Instituti Amerika tadqiqotlari markazi ilmiy xodimi. Prezidentlik saylovlarida, parlament raislari ayollari sammitida hamroh sifatida tarjimonlik faoliyati bilan shug‘ullangan. U BMT, YUNESKO, ShHT, Islom taraqqiyot banki kabi xalqaro, mintaqaviy va respublika konferensiyalarida ishtirok etgan. Tashqi ishlar vazirligining eng yaxshi ilmiy maqola tanlovi g‘olibi. Shuningdek, SMTI, “O‘ZSanoatqurilishbank” ATB, Biznes-ombudsman idorasida amaliyot o‘tagan. U Amerika tadqiqotlariga, xususan, "AQSh hukumat tizimida sun'iy intellekt" mavzusiga ixtisoslashgan.
2024-yil boshlanganidan beri AQShda Demokratik va Respublikachi partiyalardan prezidentlikka nomzodlar bellashayotgan "primaries" deb ataluvchi boshlang’ich saylovlar
o‘tkazilmoqda. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, nomzodlar delegatlarning qo‘llab-quvvatlashini olib, so‘ng yozda har ikki partiyaning syezdlarida o‘zlarining yagona nomzodlarini rasmiy nominatsiya qilish uchun ovoz berishadi. Demokratik partiya nomzodi kamida 1968 ta (jami 3934 tadan) delegatlar ovozini, Respublikachi partiya nomzodi esa 1215 ta (jami 2429 tadan) ovozni to‘plashi kerak.
"Primaries"dan so‘ng 20 dan ortiq shtatlarda har ikkala partiyada asosiy da’vogarlarning aniq ustunligi belgilandi: Donald Tramp 1247, Jo Bayden esa o‘z partiyalari nomidan nomzodlik uchun 2099 delegatlar ovozini to‘plagan. Ikkala da’vogar ham kerakli miqdordagi delegatlar ovozlarini to‘plab va yagona nomzod maqomini qo‘lga kiritishdi, va yozgi partiya syezdlarini rasmiyatchilikka aylantirdi. Shu tariqa, joriy yilning 5-noyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlar 1912-yildan beri birinchi marta sobiq prezident amaldagi prezidentga qarshi chiqadigan revanshga aylanishi mumkin.
Yuklab olish
2024-yil boshlanishi bilan, AQShda Demokratik va Respublikachilar partiyalaridan prezidentlik nomzodiga raqobatlashadigan boshlang'ich saylovlar «praymeriz» bo'lib o'tmoqda. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, nomzodlar yozda har ikki partiyaning qurultoylarida o‘zlarining yagona nomzodini rasman tasdiqlashi uchun ovoz beradigan delegatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Demokratik partiyaning nomzodi tasdiqlanishi uchun 3934 delegatning kamida 1968 delegat ovozini qo‘lga kiritilishi kerak, Respublikachi nomzod esa 2429 delegatning kamida 1215 ovozini olishi kerak. 20 dan ortiq shtatlarda “praymeriz” o‘tkazilgandan so‘ng, ikkala partiya ham asosiy da'vogarlarning aniq ustunligini ochiqlandi: Donald Tramp – respublikachilar va Jo Bayden – demokratlarning boshlang'ich saylovlarida g'alaba qozonishdi, deya xabar beradi Amerika ommaviy axborot vositalari. Donald Tramp 1228, Jo Bayden 2099 delegat ovozini qo'lga kiritishdi. Shu tariqa, ular tez orada o‘z partiyalari tomonidan AQSh prezidentligiga rasman nomzod qilib ko‘rsatiladi. 1912-yildan beri birinchi marta AQShning sobiq davlat rahbari amaldagi prezidentga qarshi chiqish holati ko‘zatilishi mumkin. Ushbu dinamika saylov jarayonining asosiy jihatlarini belgilaydi, bunda alohida shtatlar va delegatlar soni muhim rol o'ynaydi.
Yuklab olish