Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar

outputs_in

Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar

12 Oktabr 2026

Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi mintaqaviy bog‘liqlikning hozirgi holati

Nargiza Umarova “India Eurasia Research Forum” (IERF) platformasiga bergan intervyusida Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning ayni paytdagi holatini tahlil qilib, mintaqaviy iqtisodiy integratsiyaga to‘siq bo‘layotgan infratuzilmaviy, logistik va geosiyosiy muammolarga e’tibor qaratdi. U O‘zbekistonning xalqaro transport yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish, jahon bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish va mintaqalararo savdo hamkorligini mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlari haqida so‘z yuritdi. Suhbatda Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo bozorlari o‘rtasida eng qisqa quruqlik yo‘lini yaratishi mumkin bo‘lgan Transafg‘on temir yo‘li loyihasining strategik ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Umarova mintaqaviy xavfsizlik tahdidlari, xususan, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi keskinliklar ta’sirini, shuningdek, Xitoy, Rossiya, AQSH va Hindiston kabi yirik tashqi kuchlarning shakllanayotgan transport yo‘laklaridagi o‘rnini baholadi. Shuningdek, intervyuda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlik, infratuzilmani rivojlantirish va diplomatik muloqot orqali mintaqaviy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan yondashuvi yoritilib, Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlashda barqaror transport tizimining o‘rni muhimligi ta’kidlandi. To‘liq matnni “India Eurasia Research Forum”da o‘qing * Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.

outputs_in

Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar

30 Sentabr 2026

Benzin balansi. Mamlakatni avtomobil yoqilg‘isi bilan bashorat qilinadigan darajada ta’minlash uchun qanday choralar ko‘rilmoqda?

Hayotjon Ibragimov “Xalq so‘zi” gazetasiga bergan intervyusida O‘zbekiston ichki bozorini avtomobil yoqilg‘isi bilan ta’minlash vaziyatiga izoh berdi. Ekspert benzin ishlab chiqarishga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni, jumladan, mahalliy xomashyo bazasining cheklanganligi, neftni qayta ishlash korxonalarining gaz kondensati va import xomashyosiga qaramligi, shuningdek, yuqori oktanli yoqilg‘i ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun sohani texnologik modernizatsiya qilish zaruratini ta’kidlab o‘tdi. Tashqi ta’minotni diversifikatsiya qilish va mahalliy neftni qayta ishlash quvvatlaridan yanada samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ekspertning ta’kidlashicha, xomashyo importi nafaqat mamlakat ichida benzin ishlab chiqarish, balki dizel yoqilg‘isi, aviakerosin, bitum va boshqa neft-kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish hisobiga milliy iqtisodiyotda qo‘shilgan qiymatni saqlab qolish imkonini beradi. Hayotjon Ibragimov, shuningdek, bir martalik xaridlardan barqaror va bashorat qilinadigan ta’minot kanallariga o‘tish, yetkazib beruvchilar geografiyasini kengaytirish hamda neft zaxiralarini shakllantirish zarurligini qayd etdi. Ushbu chora-tadbirlar ta’minotdagi uzilishlar xavfini kamaytirish, neftni qayta ishlash zavodlarining yanada barqaror ishlashini ta’minlash va O‘zbekiston yoqilg‘i bozorining tashqi logistika hamda ishlab chiqarish cheklovlariga chidamliligini oshirish imkonini beradi. “Xalq so‘zi” gazetasida o‘qing * Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.

outputs_in

Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar

30 Avgust 2026

SHHTning 25 yilligi: kengayish eski ziddiyatlarni kuchaytirdi

IXTI Osiyo-Tinch okeani tadqiqotlari markazi rahbari Abbos Boboxonov SHHT uchun to‘plangan siyosiy salohiyatdan aniq loyihalarni amalga oshirish va hamkorlikning samarali mexanizmlarini yaratishga o‘tish asosiy chaqiriqqa aylanib borayotganini ta’kidladi. Uning baholashicha, aynan tashkilotning qabul qilinayotgan qarorlardan amaliy natijani ta’minlay olish qobiliyati uning Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun kelgusidagi ahamiyatini belgilab beradi. Shu nuqtayi nazardan, Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi SHHT sammiti tashkilotning o‘z tarkibini kengaytirishdan ko‘ra chuqurroq institutsional rivojlanishga o‘tishga tayyorligining ko‘rsatkichi bo‘lishi mumkin. Ekspertlar SHHTning kelgusidagi evolyutsiyasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy omillar qatorida ichki islohotlarni, tashkilotning o‘z bankini yaratish istiqbollarini, shuningdek, Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik xususiyatini ajratib ko‘rsatmoqdalar. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo davlatlari uchun tashkilot doirasida o‘z subyektliligini mustahkamlash va mintaqaviy kun tartibini ilgari surish vazifasi saqlanib qolmoqda. “Deutsche Welle”’da o‘qing * Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.