Markaz Rahbari
Boltayev Hamza Muratbayevich
IXTI huzuridagi Afg‘oniston va Janubiy Osiyoni o‘rganish markazi rahbari.
Ushbu lavozim doirasida mintaqani o ‘rganish, tahliliy maqolalar va materiallar, siyosiy ma’lumotlarni ishlab chiqish, shuningdek mintaqada dolzarb bo ‘lgan mavzularda seminar, konferensiyalarda ishtirok etadi.
Hamza Boltayev ma’lumotiga ko’ra huquqshunos va tizimli tahlilchi. 2010-yilda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasini tamomlagan. 2014-yilda O‘zbekiston Respublikasi strategik tahlil va istiqbolni Belgilash oliy maktabi magistraturasini va 2021-yilda Londondagi King’s College ning Urushlarni o’rganish departamentining magistraturasini tamomlagan.
O‘z faoliyati davomida H. Boltayev 2010-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari tizimida, jumladan terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash yo‘nalishida xodim va rahbar lavozimlarda xizmat olib borgan. 2018-2020 yillarda O ‘zbekiston REspublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Ommaviy kommunikatsiyalr bo‘yicha markazida katta tahlilchi lavozimida, shuningdek, 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti ilmiy amaliy tadqiqotlar markazi yetakchi ilmiy xodimi lavozimlarida ishlagan.